Sergelidagi xonadonga kelgan Mirziyoyev, koronavirus shaklidagi yana bir antiqa niqob, balkondagi bemorlar. 29-may suratlari
29-may, juma kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida barpo etilgan 16 qavatli uyni borib ko‘rdi. Davlat rahbari Sharofiddin va Shahnoza Jo‘raboyevlar xonadonida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi.Moskvada Kreml devori yonidagi “Noma’lum askar qabri”da faxriy qorovul navbat almashmoqda.
Germaniyaning Frankfurt shahrida quyosh chiqar vaqti gullab yotgan lola dalasi.Hindistonning Kalkutta shahrida go‘zallik saloni xodimlari mijozlarni kutmoqda.Ispaniyaning Barselona shahrida Nissan zavodi ishchilari Frank hududidagi zavodning yopilishiga qarshi namoyishga chiqdi. Koronavirus pandemiyasi ishlab chiqarish sektoriga misli ko‘rilmagan iqtisodiy talafot yetkazdi.AQShning Finiks shahrida Brofi kollejining yuqori sinf o‘quvchilari diplom olish uchun sahnaga chiqish oldidan navbat kutmoqda. Stullarda marosimga kela olmagan o‘quvchilarning suratlari.Madridda iqlim o‘zgarishiga qarshi namoyishda poyabzallar ichiga solingan novdalar. Chiqishlarning asosiy shiori “COVID bugun bor, iqlim inqirozi ertaga”.Avstraliyaning Sidney shahrida triatlonchi Emma Jefkut Di Uay hududida mashq qilmoqda. U odatda yarim yillab mashq va musobaqalarda qatnashish uchun xorijda yuradi.Rio-de-Janeyroda yangi xo‘jayinlari olib ketishidan avval veterinalar ko‘rigidan o‘tayotgan it. Guaratiba tumanidagi hayvonlar uchun boshpana uy hayvonlarini karantinda o‘tirgan odamlarga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.Londondagi Dauning-strit ko‘chasi darvozalari qarshisida milliy sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlashga chiqqan shifokorlar.Tokioda tibbiyot xodimlarini olqishlash uchun osmon uzra parvoz qilayotgan harbiy uchuvchilar.AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarning kompaniyalariga taalluqli ijro qarorini jurnalistlar bilan muhokama qilmoqda. Bosh prokuror Uilyam Barr uni tinglamoqda.
Filippinning Manila shahrida yashovchi rassom qayta ishlangan idishlardan yasagan niqobini namoyish etmoqda.Hindistonning Nyu-Dehli shahridagi shifoxonada qo‘lini duoga ochgan koronavirusga chalingan bemor.Meksikaning Mexiko shahrida devorga chizilgan ayol surati.
Senegalning Dakar shahrida kelgusi haftada ochilishi kerak bo‘lgan qishloq maktablariga borish uchun hukumat avtobuslarini kutib o‘tirgan o‘qituvchilar va ularning bolalari.Hindistonning Mumbay shahrida temiryo‘lda transport kutayotgan yo‘lovchilar.Chexiyaning Praga shahrida futbol bo‘yicha milliy chempionat doirasidagi “Sparta” va “Viktoriya Plzen” klublari bahsini drayv-in kinoteatrida turib tomosha qilayotgan ishqibozlar.Indoneziyaning Jakarta shahrida karantin uyiga aylantirilgan o‘quv markazi balkonlarida mashq bajarayotgan bemorlar.