Daryo.uz | Rasmiy kanal

Yangi Zelandiya kasalxonalarida koronavirus bemorlarining barchasi sog‘aydi

Yangi Zelandiyada qariyb bir haftadan beri yangi kasallanish holatlari qayd etilmayapti, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Mamlakatda umumiy hisobda 1 504 kishi koronavirusga chalingan, ularning 21 nafari vafot etgan.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/kasalxona-7.jpg
Foto: Pixabay

Virus aniqlanib kasalxonaga yotqizilgan barcha bemorlarga javob berilgan. “Ayni paytda kasalxonalarda COVID-19’ga chalingan birorta bemor yo‘q”, — degan sog‘liqni saqlash xizmati bosh direktori Eshli Blumfild.

Yangi Zelandiyada kasallangan yana 21 kishi qolgan. Mamlakatda umumiy hisobda 1 462 kishi tuzalgan.

Avvalroq Yangi Zelandiyada koronavirus tufayli joriy etilgan favqulodda holat rejimini bekor qilib, karantin cheklovlarining ikkinchi darajasiga chiqqandi. Chakana savdo do‘konlari, savdo markazlari, restoranlar, kinoteatrlar va boshqa jamoat joylari ochildi. Keyinchalik maktablar va universitetlar, shuningdek, barlar ham ochildi.

Mavzuga doir: Dunyoni kutib turgan buyuk tushkunlik. Yangi Zelandiya epidemiyani qanday yengdi? Jahon matbuoti koronavirus haqida