Daryo.uz | Rasmiy kanal

Ilon Maskning rafiqasi qo‘shiqchi Grayms qalbining bir bo‘lagini auksionga qo‘ydi

Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari, milliarder Ilon Maskning rafiqasi, qo‘shiqchi Grayms Los-Anjelesdagi zamonaviy san’at galereyasida ikkita onlayn auksion o‘tkazmoqda, deb yozadi Esquire.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/8aa628eff79c5977474010114b012957.jpg
Foto: Hello

Ekspozitsiyalarda fotosuratlar, qo‘lda chizilgan rasmlar, shuningdek, videolar ham namoyish etilmoqda.

Biroq auksiondagi eng noodatiy eksponat Grayms qalbining bir bo‘lagiga egalik qilish uchun Selling out (Sotiladigan narsa) deb nomlangan shartnoma bo‘ldi. Hujjatda auksion g‘olibi xonanda qalbining qancha qismiga egalik qilishi ko‘rsatilmagan.

Dastlab Grayms hech kim uni sotib ololmasligi uchun o‘z qalbini 10 million dollarga baholamoqchi edi. Keyinroq u koronavirus pandemiyasi davridagi moliyaviy inriqoz sharoitida bunday narx o‘ta yuqori, degan qarorga keldi. Natijada Graymsning qalbining bir bo‘lagiga egalik qilish huquqi “eng yaxshi taklif” egasiga nasib qiladi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/AP_18128027730116-pic4_zoom-1500x1500-62561.jpg
Foto: Hello

“Men o‘z yuristim bilan san’at asari ustida ishlashni xohladim. Yuridik hujjatlar shaklidagi fantastik san’at namunasi menga juda qiziqarli tuyuldi”, — deydi Grayms.

May boshida Mask va Grayms o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu tadbirkorning oltinchi, xonandaning esa birinchi farzandi. Er-xotin o‘g‘liga X Æ A-12 deb ism qo‘ydi. Biroq Kaliforniya shtati qonunchiligiga muvofiq ushbu ismni o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi.