Daryo.uz | Rasmiy kanal

Diyego Kosta olti oyga qamalishi mumkin

“Atletiko” hujumchisi Diyego Kosta Ispaniya prokuraturasi tomonidan soliq to‘lash qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/diego-kosta-680x409.jpg
Foto: Getty Images

31 yoshli futbolchi imij huquqidan olgan daromadidan 1,37 million yevro soliq to‘lamaganlikda ayblanmoqda. Diyego qonunni 2014-yilda buzgan, biroq mazkur ish hozir ko‘rib chiqilmoqda.

AS nashrining xabar qilishicha, Ispaniya prokuraturasi Kosta uchun olti oylik qamoq jazosi tayinlash va 500 ming yevro miqdorida jarima undirishni talab qilmoqda. Sud 4-iyunda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya qonunlariga muvoffiq moliyaviy firibgarlikda ayblangan shaxslarga ikki yilga qadar qamoq jazosi belgilansa, mazkur qamoq jazosidan jarima to‘lagan holda qutilish mumkin. Shu tariqa Kosta aybdor deb topilgan taqdirda ham, katta ehtimol bilan qamoqqa tushmaydi.

Kosta 2018-yildan buyon “Atletiko” safida to‘p surib keladi. Futbolchi avvalroq ham (2007—2009 va 2010—2014-yillar mobaynida) madridliklar safida harakat qilgan.