Daryo.uz | Rasmiy kanal

O‘zbekistonda Rossiyaning 250 dan ortiq sun’iy nafas oldirish apparatlari sinab ko‘rildi

O‘zbekistonda foydalanilayotgan “Aventa-M” sun’iy nafas oldirish apparatlari sinovdan o‘tkazildi va e’tirozga sabab bo‘luvchi va hech qanday salbiy jihatlari qayd etilmadi, deyiladi Toshkentdagi Respublika tibbiy texnikasiga xizmat ko‘rsatish o‘quv-ishlab chiqarish markazi direktorining Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosariga yo‘llagan xatida.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/IVL-6.jpg
Foto: “RIA Novosti”

“RIA Novosti”da sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Nizomov nomidan yuborilgan xatning nusxasi bo‘lib, unda jami 262 ta “Aventa-M” sun’iy nafas oldirish apparati sinovdan o‘tkazildi. Shulardan 120 tasi respublikaning 12 ta viloyatida, 142 tasi Toshkent shahri va viloyatida sinab ko‘rilgani ta’kidlangan. Yana 18 ta apparatni sinab ko‘rishning imkoni bo‘lmagan. Bunga uning “qizil” hududda joylashgani sabab bo‘lgan. Cheklovlar olib tashlanishi bilan apparatlar sinab ko‘riladi.

“Uskunaning ishlash qobiliyati baholandi, zarur nazorat o‘lchovlari (elektr kuchlanishi, gaz o‘tkazgichi, o‘tkazgichlarning holati va boshqalar) o‘tkazildi. Uskunani tekshirish chog‘ida unda biror-bir nozosliklar yoki texnik tarkibiy qismlarida uzilishlar yoki og‘ishlar qayd etilmadi. Uskunadagi barcha parametrlar va rejimlar shtat rejimida ishlamoqda”, — deb yozilgan xatda.

Ta’kidlanishicha, apparat normal ishlashi uchun bitta bemor o‘rin-joyi (koyka) uchun 10 kvadrat metr joy kerak. Chunki apparatlar sonining oshib ketishi xonada kislorod kontsentratsiyasi oshishiga olib keladi.

Yuqumli kasalliklar shifoxonasida havo almashtirish tizimiga yopiq palatalar yoki bloklardan foydalaniladi. Apparatdan foydalanilgan kislorod-havo aralashmasini chiqarib tashlash orqali xonadagi kislorod ulushi ortib ketsa, yong‘in sodir bo‘lish xavfi ortishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Aventa-M” sun’iy nafas oldirish apparatlari 2020-yilning 1-aprelidan boshlab ishlab chiqarilgan. Undan Moskva va Sankt-Peterburg kasalxonalarida foydalanilgan bo‘lib, 9 va 12-may kuni jami 7 nafar bemorning umriga zomin bo‘lgan yong‘in sodir bo‘lgandi. Voqeadan so‘ng Rosdravnadzor 12-maydan boshlab tergov jarayoni davomida ushbu apparatlardan foydalanishni vaqtinchalik cheklagan.

Mavzuga doir: Rossiya AQShga sanksiyaga uchragan korxonaning tibbiyot texnikasini sotdi