Daryo.uz | Rasmiy kanal

Onlayn do‘konlar tarixga aylanishi mumkin. Xitoyda ilk 3D-do‘kon ish boshladi

Xitoyning Tmall kompaniyasi xaridorlarga ulkan savdo markazi bo‘ylab virtual aylanib, kerakli tovarlarni tanlash imkonini beradigan yangi 3D-do‘kon ish boshlaganini rasman e’lon qildi, deb xabar beradi IXBT.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/3D-container-store_D_large-680x367.jpg
Foto: IXBT

Bu turdagi do‘konlarning keyingi avlodlarini yaratishda 3D-kartografiya texnologiyalaridan foydalaniladi. Tmall’ning mazkur tashabbusida ishtirok etishga dastlab 100 dan ortiq yirik kompaniyalar, jumladan, IKEA rozi bo‘lgan.

Mazkur 3D-do‘konlar yordamida xaridor o‘z smartfoni orali tovarlar assortimentini tomosha qilishi va uydan chiqmasdan xaridlarni amalga oshirishi mumkin. Yangilikning yaratilishiga davom etayotgan koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan. Shu orqali xaridorlar odamlar gavjum bo‘ladigan joylarga borishdan qochishi mumkin.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/55434914-adcf-4fbd-8598-b1e2bfa7f6c6-1-553x263.jpg
Foto: IXBT
https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/4ade3e42-bae0-4d84-a4b8-743c99726206-1-304x600.jpg
Foto: IXBT

Tahlilchilar 3D-shoping servislarining beshinchi avlod tarmoqlarining tarqalishi borgan sari ommalashishiga ishonch bildirmoqda. 3D-do‘konlarning oddiy onlayn do‘konlardan farqi — ular orqali xarid jarayoni interaktiv va qiziqarli, odamlar esa yangi texnologiyani amaliyotda sinashi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tmall 3D-do‘konlarda dastlab 100 dan ortiq mashhur brendlarning tovarlari paydo bo‘ladi. Masalan, IKEA’ning savdo zonasi 3000 metr kvadrat joyni egallaydi, u 1:1 masshtabda — maksimal darajada o‘xshashlikda yaratilgan.