Daryo.uz | Rasmiy kanal
Meizu 1400 dollarlik piyolali smartfonni sotuvga chiqardi
Meizu kompaniyasi o‘z tarixidagi eng qimmat smartfon Meizu 17 Pro Kiln Art Collector’s Edition’ni Xitoy bozorida 25-maydan sotuvga chiqardi.
Meizu 17 Pro Kiln Art Collector’s Edition 12 gegabayt operativ, 256 gegabayt flesh-xotiraga ega. Uning narxi 1400 dollar.
Standart Meizu 17 Pro 658 dollar turadi. Taqqoslash uchun iPhone 11 Pro Max Xitoyda 1344 dollarga taklif etilmoqda.
Smartfon Xitoyning taniqli keramika ishlab chiqaruvchisi Hsiao Fang kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan. Smartfonning orqa paneli keramikadan ishlangan bo‘lib, uning rangi och moviy jiloga ega.
Bunday rang Ru keramikasiga xos. Bu Sun sulolasi davridagi sopol idishlarning noyob turi. Vaqt o‘tishi bilan haqiqiy keramika singari smartfon rangi o‘zgaradi.
Korpus chetlari va kamera atrofida jigarrang asos chiqib qoladi. Shuningdek, panelda dizaynerning imzosi ham ko‘rinib turadi. Smartfon komplektida choy ichishga mo‘ljallangan haqiqiy piyola bor.