Daryo.uz | Rasmiy kanal
Qirg‘izistonda 8-iyundan ichki aviareyslar qayta tiklanadi
Qirg‘izistonda koronavirus sababli to‘xtatib qo‘yilgan ichki aviareyslar 8-iyundan qayta tiklanadi. Bu haqda mamlakat bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Bo‘ronov ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Ma’lum qilinishicha, Qirg‘izistonda 8-iyundan muntazam ichki aviareyslar tiklanadi. Bishkek—O‘sh aviaqatnovi bir kunda bir marta amalga oshiriladi. Mamlakat ichidagi reyslar 25-martdan to‘xtatilgandi.
Ta’kidlanishicha, reyslar sanitar-epidemiologik me’yorlarga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra. Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 1662 kishiga yetgan, 16 kishi kasallik qurboniga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, Bishkekda 25-maydan jamoat transporti harakati qayta tiklangandi.