Daryo.uz | Rasmiy kanal

Kechki ovqatni dushmanga berish kerakligi haqidagi maqol qanchalik to‘g‘ri?

Parhez qilish zarar emas, lekin aslini olganda unchalik foydasi ham yo‘q. Chunki kunning bunday taqsimlanishi organizmning bioritmiga zid hisoblanadi. Quyida to‘g‘ri ovqatlanish qanday tashkil qilinishi kerakligi, nonushta, tushlik hamda kechki ovqatning ahamiyati haqida so‘z yuritamiz.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/04/photo_2020-04-23_14-17-45.jpg
Foto: Pixabay

Nonushta

Nonushtaga hamma narsa yeyish mumkin degan tushuncha bor, lekin ovqatning to‘g‘ri hazm bo‘lishi va vazn tashlash uchun har bir iste’mol qilinadigan taom va mahsulotlarga e’tiborli bo‘lish kerak. Agar tongni desert yoki pishiriqlarsiz tasavvur qila olmasangiz, tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan, tarkibida margarin, shakar va oq un bo‘lmagan desertlarni tanlang. Tongning birinchi qismida klechatka va tabiiy mahsulotlarni iste’mol qilish zarur hisoblanadi. Nonushta organizmni uyg‘otish, energiya berish, shuningdek, ichaklarni tozalash xususiyatiga ega. Ayniqsa, oshqozon-ichaklarida muammosi bor kishilar organizmni tozalaydigan nonushta qilishi kerak.

Qaysi yil fasli bo‘lishi, organizmning qandayligidan qat’​iy nazar turli smuzi, meva va yong‘oqlar yeyish tavsiya qilinadi. Agar siz tonggi 9:00 ga qadar nonushta qiladigan bo‘lsangiz taomnomangizda hayvon oqsili bo‘lmasligi kerak. Omlet va tostlarni kechki nonushtaga iste’mol qilishga harakat qiling. 09:00 qadar avakadodan tost, banandan smuzi yeng.

Tushlik

Tushlik to‘yimli bo‘lishi, tarkibida uglevod, yog‘ bo‘lgan mahsulot va sabzavotlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Uglevodli taomlarni iste’mol qilishdan cho‘chimang, chunki bunday mahsulotlar energiya, kuch beradi, organizm tonusi, hazm jarayonini yaxshilaydi. Tushlikni soat 12:00 dan 15:30 qadar qilishga harakat qiling, chunki aynan shu vaqtda hazm qilish jarayonini yaxshilaydigan fermentlar faol bo‘ladi va organizm oziq moddalarini olish va so‘rishga tayyor bo‘ladi. Tushlik qilmaslik yoki yengil tushlik qilish ovqat hazm qilish jarayonini izdan chiqaradi va bu gastrit, oshqozon yarasi, vazn ortishi yoki selyullitga olib keladi. Shu bois tushlik vaqtini o‘tkazib yubormang, vaqtingiz bo‘lmasa o‘zingiz bilan yong‘oq, meva yoki sabzavotlar olib yuring. Agar, ishtahangiz bo‘lmasa, taomnomani qanday tashkil qilinganini ko‘zdan kechib yengilroq nonushta qilishga harakat qiling.

Kechki ovqat

Soat 18:00 dan keyin kechki ovqatni yeyish mumkin, faqat soat 22:00 uxlaydiganlarga bu taaluqli emas. Uzog‘i bilan soat 20:30 gacha kechki ovqatni iste’mol qilish, oradan 4 soat o‘tgach esa uxlash kerak. Kechki ovqatga meva, shirinlik va oddiy uglevodlarni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Uning o‘rniga, tarkibida hayvon yoki o‘simlik oqsili bo‘lgan mahsulotlar, sabzavot va ko‘katlar iste’mol qiling. Kechki ovqatni bir yoki ikki marta o‘tkazib yuborsa hech nima qilmaydi, lekin muntazam ravishda kechki ovqat yemaslik quyidagi oqibatlarga olib keladi:

— kortizol, ya’ni stress gormoni ko‘tariladi, uyqu buziladi, tongda kuchli ochlik hissi paydo bo‘ladi;

— ozuqa moddalarining yetishmasligi tufayli kamqonlik kuzatiladi;

— oshqozon yallig‘lanishi va oshqozon yarasi kelib chiqishi mumkin;

— qon bosimining ko‘tarilishi;

— asab tizimi bilan bog‘liq muammolar kuzatilishi mumkin.

Kechki ovqatga qanday taomlar iste’mol qilish kerak?

— yasmiqli sho‘rva;

— grillda pishirilgan baliq va yashil salat;

— sabzavotdan tayyorlangan ragu (agar ochlik hissi bo‘lmasa).

Kunning bunday tashkil qilinishi kun bo‘yi to‘q va energiya bilan yurishni ta’minlaydi.