Daryo.uz | Rasmiy kanal

Ispaniya La Ligasida yangi mavsum qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Ispaniya La Ligasi prezidenti Xavyer Tebas Primera bahlari qachondan davom ettirilishi va kelasi mavsumning boshlanish sanalariga aniqlik kiritdi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/04/i-1-1-680x479.jpg
Foto: La Liga

“Nasib qilsa, mavsumni 11-iyundan davom ettiramiz. La Liganing 130 xodimi tashkilotchilik ustida ishlamoqda, hammasi o‘zgacha bo‘ladi. Biz tayyormiz va bizning asosiy maqsad — mavsumni yakunlab qo‘yish. Kelasi mavsum 12-sentabrdan start oladi”, — deydi Tebas.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati koronavirus pandemiyasi sabab mart oyida to‘xtab qolgandi. Avvalroq ispan klublari guruh mashg‘ulotlarini boshlagandi. 27-turga kelib “Barselona” 58 ochko to‘plagan holda peshqadam bo‘lib turibdi. Undan ikki ochko kam jamg‘argan “Real” esa ikkinchi o‘rinni band etgan.

Ma’lumot uchun, odatda Ispaniyada yangi mavsum avgust oyining dastlabki yarmida boshlanadi. Biroq joriy mavsumning cho‘zilishi bois 2020/21-yilgi mavsum biroz kech boshlanadi.