Daryo.uz | Rasmiy kanal

Chempionlar Ligasi Germaniyada “To‘rt finalchi” formatida o‘tkazilishi mumkin

Yevropa Chempionlar Ligasining joriy mavsumi hal qiluvchi o‘yinlari noodatiy tarzda o‘tkazilishi mumkin.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/ychl-680x454.jpg
Foto: Getty Images

Sky Sport Italia’ning xabar qilishicha, UEFA ¼ final bahslaridan so‘ng musobaqani “To‘rt finalchi” formatida yakunlab qo‘ymoqchi. Shu bilan birga yarim finalga qadar har bir jamoa o‘yinlarni o‘z uyida o‘tkazadi, final esa Istanbulda bo‘lmaydi.

UEFA final bahslarini Turkiyadan epidemiologik vaziyat yaxshiroq bo‘lgan Germaniyaga ko‘chirish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Shu tariqa 1/8 finalning qolib ketgan bahslari 7 va 8-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi, chorak final o‘yinlari esa 13 va 14-avgustda o‘ynaladi. UEFA Yevrokuboklar mavsumini 31 avgustga qadar yakunlashni maqsad qilgan.

“To‘rt finalchi” formatida yarim final juftliklari g‘oliblari uy-safar tizimida emas bitta o‘yin orqali aniqlanadi.