Daryo.uz | Rasmiy kanal

Amerikalik qiz Ilon Maskka atalgan SMS xabarlar olayotgani haqida so‘zlab berdi

AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi Lindsi Taker Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Maskka tegishli qo‘ng‘iroqlar va SMS xabarlar muntazam ravishda unga kelayotgani haqida so‘zlab berdi, deb yozadi The Mirror.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/85d86ea4-687d-4fac-abb2-87dd7b1d5308.jpg
Foto: The Mirror

Taker universitetda o‘qiyotgan paytda u avval Maskka tegishli bo‘lgan raqamni sotib olgan.

Bir necha kundan so‘ng u tadbirkor bilan bog‘lanishni istagan butun dunyo aholisidan SMS xabarlar ola boshlagan. Qiz o‘shanda Mask kimligini bilmagan. Takerning aytishicha, u turli mavzudagi SMS xabarlar oladi. Ular orasida bionik protezlardan tortib, Tesla kompaniyasidagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi savollar ham bor.

U taniqli insonlardan ham SMS’lar olishini aytgan. Masalan, Disney Animation’ning sobiq rahbari Jon Lasseter Tesla’dan olgan avtomobilidan ko‘ngli to‘lganini yozgan.