Daryo.uz | Rasmiy kanal
UFC afsonasi Anderson Silva Konor Makgregorni jangga chorladi. Irlandiyalik bunga javob berdi
Braziliyalik UFC afsonasi Anderson Silva ikki vazn toifasi sobiq chempioni Konor Makgregorni jangga chorladi.
“Men Konor Makgregorni sportchi sifatida hurmat qilaman. O‘ylashimcha, bizning ishtirokimizdagi superjang yakkakurashlar tarixiga kirishi mumkin. Biz hech narsani isbotlashimiz shart emas. Muxlislar bizning jangni ko‘rishdan xursand bo‘ladi. Men esa unga qarshi to‘qnashuvda yakkakurashdagi salohiyatimni sinovdan o‘tkazib olardim”, — deydi Anderson Silva.
Braziliyalik sportchi o‘rta vazn toifasi vakili hisoblanadi. U Konorga yarim o‘rta vaznda jang qilishni taklif qilgan.
Irlandiyalik yakkakurashchi bu chorlovga rozilik berdi.
“Men chorlovni qabul qilaman.
O‘rta vazn. ‘Bomba’ jangni ko‘rishni xohlaysizmi?”, — deya yozadi Konor.
Eslatib o‘tamiz, Konor yengil va o‘rta yengil vazn toifalari sobiq chempioni hisoblanadi. So‘nggi jangida u yarim o‘rta vazn toifasi vakili Donald Serroneni 40 soniya ichida nokautga uchratgandi.
31 yoshli Makgregor MMA’da 2008-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. U jami 26 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasida g‘alaba qozongan (19 tasi muddatidan avval) va 4 marta mag‘lub bo‘lgan.
Mavzuga doir:
- Konor Makgregor tarixdagi eng yaxshi yakkakurashchilar reytingini tuzdi. Undan Habib joy olmadi
- Konor Makgregor raqibini 13 soniyada nokautga uchratgan jangini ko‘rganmisiz? (video)
- 2019-yilning eng yaxshi janglaridan biri Anderson Silva va Israel Adesanya o‘rtasida kechgan. Uni tomosha qiling (video)
- Konor Makgregor chempionlik jangida ishtirok etmaydi. UFC prezidenti buni tasdiqladi