Daryo.uz | Rasmiy kanal
PSJ darvozaboni Bulka ijaraga olgan Lamborghini’sida YTHga uchradi (foto)
PSJ darvozaboni Marchin Bulka 28-may, payshanba kuni avtomobilida YTHga uchradi.
Polshada bo‘lib turgan 20 yoshli futbolchi oldindagi avtomobilni quvib o‘tish vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va Hyundai’ga borib urilgan. Natijada Bulka ijara olgan Lamborghini pachoq bo‘lgan.
Polshalik o‘yinchining o‘ziga jarohat yetmagan. Hyundai haydovchisi va yo‘lovchisi kichik jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Bulka 2019-yilning yozida “Chelsi”dan erkin agent sifatida PSJga o‘tgandi. Muddatidan avval yakunlangan Liga 1 joriy mavsumida darvozabon jamoasining bitta o‘yinida qatnashib, chempionlikka erishdi.