Daryo.uz | Rasmiy kanal
Fotogalereya: Trampning galstugi, qo‘l granatasi va Oydagi vezdexodda ishlatilgan skotchlar. Yopishqoq lenta patentlanganiga 90 yil to‘ldi
1930-yilning 27-may kuni amerikalik Richard Dryu shaffof yopishqoq lenta — skotchni patentlagan edi. Dastlab u avtomobil ustaxonalarida avtomobillarni bo‘yashda ishlatilgan, biroq keyinroq odamlar undan foydalanishning ko‘plab usullarini o‘ylab topgan. “Kommersant” skotchdan AQSh prezidentining galstugi, Oydagi vezdexod qanoti, qo‘l granatasi va boshqa ko‘plab holatlarda foydalanilgani tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Moskva. Katta poshnali oyoq kiyimda yugurish poygasiga tayyorgalik ko‘rayotgan ayol

Filippin. Ayol politsiyachilar tasodifan o‘q uzib qo‘ymaslik uchun pistoletlar uchini yopishqoq lenta bilan o‘rab chiqishgan

Moskva. Plyonka bilan qoplanib, ustidan skotch yopishtirilgan avtomobil

Moskva viloyati. Shifokor himoya kostyumiga havo kirmasligi uchun uni skotchlamoqda

Novosibirsk. Xalqaro armiya o‘yinlari vaqtida skotchlab tashlangan granata

Moskva. “AntiJlob” aksiyasi ishtirokchisi shahar avtoturargohida qoidabuzarni aniqladi

Indianapolis. AQSh prezidenti Donald Tramp skotch bilan yopishtirilgan galstukda

Moskva. Rossiya iqtisodiyotni rivojlantirish sobiq vaziri Maksim Oreshkinning eshigi

Oy yurishga mo‘ljallangan vezdexodning qanoti ta’mirlash vaqtida skotchlab qo‘yildi

Moskva. 2018-yi 25-mart kuni “Qishki olcha” savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in qurbonlariga bag‘ishlangan aksiya

Moskva. Metro stansiyasida yo‘lovchilarning oraliq masofani saqlashi uchun qo‘yilgan belgi

AQSh. Fiksatsiya yoki mushak va to‘qimalarni asrashda skotchdan foydalangan rossiyalik tennischi Daniil Medvedev

Moskva. Rossiya prezidentiligiga sobiq nomzod Kseniya Sobchakning saylovoldi shtabi

Moskva. Amaldorlarning “migalka”siga qarshi o‘tkazilgan aksiya ishtirokchisi

Rossiya. Yuk mashinasi eshigiga yopishtirilgan prezident Vladimir Putinning portreti

Bali. Erkak vulqon kuli uyga kirmasligi uchun oynalarni skotchlamoqda

Shanxay, Xitoy. Motoroller ruliga qotirilgan issiq qo‘lqoplar

Mayami. Art Basel festivalida skotchlangan banan. “Komik” nomli zamonaviy san’at asari fransiyalik kolleksionerga 120 ming dollarga sotilgan, biroq kelishuvdan keyin Nyu-York fuqarosi bananni ko‘chirib olib, yeb qo‘ygan
