Daryo.uz | Rasmiy kanal
FVV O‘zbekistonda sel kelishi xavfidan ogohlantirdi
O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida 29—31-may kunlari sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
“Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning 1050 raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deya vazirlik tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholini ogohlantirdi.