Daryo.uz | Rasmiy kanal
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari 19 taga ko‘paydi. Kasallanganlarning umumiy soni 3463 nafarga yetdi
O‘zbekistonda 2020-yil 29-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 kishiga ko‘payib, 3463 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, yana 2 nafari Sirdaryo viloyatida Qozog‘iston orqali kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. 15 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan bo‘lib, shundan 10 nafari Sharjadan, 3 nafari Novosibirskdan charter reys bilan kelgan, qolgan 2 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, shu kungacha bemorlarning 2694 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan, 736 nafar bemor davolanishda qolmoqda. Ulardan 6 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. O‘zbekistonda 14 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.