Daryo.uz | Rasmiy kanal

Yevropaning eng qimmat futbol klublari reytingi e’lon qilindi. “Real” hamon peshqadam, “Barselona” top-3 ga kirdi

KPMG auditorlik kompaniyasi 2020-yil holatiga Yevropaning eng qimmat futbol klublari reytingini e’lon qildi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/santiago-bernabeu-07-680x419.jpg
Foto: Getty Images

Madridning “Real” jamoasi ro‘yxat yetakchisiga aylangan. Ispan klubi 3,478 milliard yevroga baholangan.

Ikkinchi o‘rinni 3,342 milliard yevro bilan “Manchester Yunayted” band etgan bo‘lsa, “Barselona” (3,193) uchlikdan joy olgan.

O‘tgan yilgi natijalar bilan solishtirgan dastlabki ikki o‘rin o‘zgarishsiz qoldi. Bir yil avval 3-o‘rinda qayd etilgan “Bavariya” (2,878) bu safar o‘z o‘rnini katalon klubiga bo‘shatib bergan.

Ta’kidlash joiz, KPMG hisobotlarni 28-may kuni e’lon qildi. Biroq undagi baholar 2020-yilning 1-yanvariga tegishli.

Yevropaning eng qimmat 11 jamoasi bilan tanishing:

  1. “Real”– 3,478 milliard yevro
  2. “Manchester Yunayted”– 3,342
  3. “Barselona”– 3,193
  4. “Bavariya”– 2,878
  5. “Liverpul”– 2,658
  6. “Manchester Siti”– 2,606
  7. “Chelsi”– 2,218
  8. “Tottenhem”– 2,067
  9. PSJ– 1,911
  10. “Arsenal”– 1,852
  11. “Yuventus”– 1,735

To‘liq ro‘yxat.