Daryo.uz | Rasmiy kanal

Toshkent viloyatida ayol haydovchi Spark bilan kanalga tushib ketdi (video)

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida kanalga tushib ketgan Spark avtomobili bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga Toshkent viloyati IIBB YHXB mas’ul xodimlari oydinlik kiritdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa 2020-yilning 25-may kuni soat 12:30 larda Ohangaron shahri, Oxunboboyev ko‘chasida sodir bo‘lgan. Surishtiruv davomida aniqlanishicha haydovchi 1971-yilda tug‘ilgan M.H. ismli ayol o‘ziga tegishli bo‘lgan Spark’da shaharning Oxunboboyev ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotgan va avtomobil kanalga tushib ketgan.

Охангарон шаҳри, Охунбобоев кўчасида 25 май куни соат 12:30 ларда, аёл ҳайдовчи “Спарк” автомашинасида бошқарувини йўқотиб, ариққа тушиб кетди.

Каналга уланиш: @dvideo1

“Ushbu hodisada tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasi kanaldan chiqarilgan”, — deyiladi YHXBB xabarida.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

May oyida Sirdaryo va Samarqandda avtomobillarning kanalga tushib ketishi ayanchli oqibatlar bilan yakunlangandi. 5-may kuni Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Matiz kanalga tushib ketishi oqibatida haydovchi va ikki yo‘lovchi, 24-may kuni Samarqandning Ishtixon tumanida Matiz kanalga tushib ketishi oqibatida mashina yo‘lovchisi vafot etgandi.

Mavzuga doir: Toshkentda Spark haydab ketayotgan ayol hushini yo‘qotib, Bo‘zsuv kanaliga quladi (foto)