Daryo.uz | Rasmiy kanal

Dunyo bo‘yicha kurortlardagi turar joyga bo‘lgan talab keskin oshdi

Butun dunyo bo‘ylab qisqa muddatli ijarada turib dam olish uchun band qilingan turar joylar soni keskin oshdi. Mazkur ko‘rsatkich 2020-yil aprel oyiga nisbatan 127 foizga o‘sgan. Bu haqda AirDNA kompaniyasi tomonidan ma’lum qilindi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/spain-calella-01-750x410.jpg
Foto: Depositphotos

Aprel oyida buyurtmalar soni 916 mingtadan oshmagan bo‘lsa, may oyida ularning soni ikki milliontadan oshgan. Qayd etilishicha, bu birinchi navbatda karantin choralarining yengillashgani va chegaralarning ochilishi bilan bog‘liq. Yil oxiridagi — Rojdestvo bayrami arafasidagi sanalarga eng yuqori talab kuzatilmoqda.

Yevropaning Nitssa, Marsel, Berlin, Lion va Neapol kabi shaharlarida bozor tezroq tiklanmoqda. Mazkur shaharlarda talab o‘rtacha 150-200 foizga o‘sgan. Ayni paytda eng yuqori o‘sish Yangi Zelandiyada kuzatilmoqda. Birgina Kuinstaun kurortining o‘zida 960 foizlik o‘sish qayd etilgan.