Daryo.uz | Rasmiy kanal

Toshkentda ikkita Captiva to‘qnashuvi oqibatida mashinalardan biri ag‘darilib ketdi (foto)

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 27-may, chorshanba kuni ikki Captiva ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/Toshkent-YTH-2705-1.jpg
Foto: YHXBB

Hodisa soat 12:45 larda Nukus va Kichik Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasida yuz bergan. 1987-yilda tug‘ilgan S.S. ismli erkak boshqaruvidagi Captiva Nukus ko‘chasidan Kichik Beshyog‘och ko‘chasiga burilayotgan haydovchi 1982-yilda tug‘ilgan A.M. ismli erkak boshqaruvida bo‘lgan Captiva bilan to‘qnashgan.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/Toshkent-YTH-2705-2.jpg
Foto: YHXBB

To‘qnashuv natijasida A.M. boshqaruvidagi Captiva ag‘darilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasmda svetofor ham ag‘darilganini ko‘rish mumkin.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/Toshkent-YTH-2705-3.jpg
Foto: Telegram / @vtchannel

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Toshkentda Nexia va Tico to‘qnashuvi oqibatida 39 yoshli erkak vafot etdi

Eslatib o‘tamiz, 13-may kuni Toshkentda ikkita Spark, 11-may kuni Andijonda ikkita Damas to‘qnashgan. Har ikkala YTHda ham mashinalardan biri ag‘darilib ketgandi.