Muhokamaga sabab bo‘lgan Amir Temur haykali, namoyishga chiqqan dunyo, plyajdagi buldozer. 27-may suratlari
27-may, chorshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Moskvada ko‘rgazma zalida tashkil etilgan vaqtinchalik shifoxonada “toza hudud”ni tark etish vaqtida himoya kiyimlarini dezinfeksiya qilayotgan tibbiyot xodimlari.
Buyuk Britaniyaning Soltdin shahridagi plyajda toblanib yotgan erkak.Italiyaning Rim shahrida yosh shifokorlar va tibbiyot sohasi talabalari mamlakat parlamenti qarshisida sog‘liqni saqlash sohasining “nimjonligi”dan havotir olib namoyishga chiqdi.Angliyaning Dogmersfild shahridagi kanalda suzayotgan eshkak eshuvchilar.Ispaniyaning San-Sebastyan shahridagi La-Koncha plyajida toblanib yotgan odamlar.Yaponiyaning Kioto shahridagi bambuk bog‘ida sayr qilib yurgan er-xotin.Keniyaning Nayrobi shahrida tibbiyot xodimi Kiber xarobalarida yashovchi ayoldan koronavirusga tahlil uchun test namunasi olmoqda. Ayni damda mamlakatda ommaviy test olish tadbirlari olib borilmoqda.Istanbuldagi Grand bozor 4 soatlik komendantlik soati vaqtida.Yaponiyaning Tokio shahrida mamlakatda favqulodda vaziyat bekor qilinganidan so‘ng odamlar tamaddixonalarda jam bo‘ldi.Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan Surxondaryoning Denov shahridagi Amir Temur haykali. Foydalanuvchilarning fikricha, uning qo‘lidagi Temuriylar saltanati belgisi tushirilgan buyum gilam qoqqichga o‘xshaydi.AQShning Minnesota shtatida qora tanli, qurolsiz fuqaro Jorj Floyd politsiyachi tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirilgach, voqea sodir bo‘lgan joyga namoyishchilar yig‘ildi.Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 26-aprel kuni koronavirusga chalinib sun’iy nafas oldirish apparatida yotgan Rusiya farzandli bo‘lgan edi. Endilikda u muddatidan avval tug‘ilgan qizi Luiza bilan birga kasalxonadan chiqmoqda.
Afg‘onistonning Kobul shahridagi qamoqxonadan chiqqan “Tolibon” harakati vakili.Braziliyaning Manaus hududidagi Taruma qabristoni koronavirus pandemiyasi vaqtida.AQSh prezidenti Donald Tramp Medicare dasturi doirasida qariyalarga beriladigan insulin moddasining narxi borasida farmatsevtika sohasi vakillari bilan muzokaralardan oldin Oq uydagi Pushti bog‘ tarafda.
Isroil janubidagi plyajda Ramazon hayitini nishonlayotgan musulmonlar.Pekindagi Xitoy Xalq siyosiy konsultativ anjumanining yakuniy majlisi oldidan tibbiyot xodimlari jurnalistdan olingan nuklein kislotasining namunasini dezinfeksiya qilmoqda.Nyu-York fond birjasida niqobda ishlayotgan treyderlar.Xorvatiyaning Omish hududidagi plyajda harakatlanayotgan buldozer.Gongkongda davlat tili to‘g‘risidagi mojaroli qonun muhokamasining ikkinchi o‘qishi davom etayotgan vaqtda hukumatga qarshi namoyishchilar harbiylarga qarshilik ko‘rsatmoqda.