Daryo.uz | Rasmiy kanal

Buxoroda homilador ayoldan tug‘ruqxonaga yo‘llanma uchun 400 ming so‘m olgan shifokor qo‘lga olindi

Buxoro viloyatining Buxoro shahridagi oilaviy poliklinikalardan birida faoliyat yurituvchi akusher-ginekolog pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Quvvat Yarashov xabar berdi.

Ma’lumot berilishicha, poliklinika akusher-ginekologi S.D. 49 yoshli homilador ayolga mas’ullarga pora berish orqali uni homilador ayollar ro‘yxatiga kiritishi va keyinchalik Buxoro shahridagi tug‘ruqxonalarga yo‘llanma berishini aytib, 400 ming so‘m pul so‘raydi.

Shifokorning xatti-harakatidan norozi bo‘lgan ayol esa huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga murojaat qiladi.

Shifokor ayol tadbir paytida 400 ming so‘m porani olayotgan paytida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan akusher-ginekolog S.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda 168-moddasi (Firibgarlik) bilan ayblov e’lon qilingan.

Mavzuga doir: