Daryo.uz | Rasmiy kanal

Virusolog Rossiyada birinchi marta mushukning koronavirusga chalinganiga munosabat bildirdi

Rossiya ilk bor mushukning koronavirusga chalingani qayd etildi. Mushuk yashash joyining o‘zida karantinga olingan.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/mushuklarda-koronavirus.jpg
Foto: Reuters

Rossiyalik virusolog, tibbiyot fanlari doktori Anatoliy Altshteyn “Govorit Moskva” radiostansiyasiga bergan intervyusida pandemiya tarqalishining asosiy manbasi odamlar ekanligini bildirdi.

“Uy hayvonlari virusni odamlardan yuqtiradi. Oilda mushuk bor, u kasallandi. Bu oilada virus borligidan, kimdir kasallanganidan dalolat beradi. Mushuklar haqida gap ketganda bu oila ichidagi infeksiyadir. Mushuklar yugurmaydi, hech qayerda aylanib yurmaydi, u uy hayvoni. Kasallangan bo‘lsa, uni faqat olila a’zolaridan yuqtirgan. Mushuklardan jiddiy xavf bor deb bo‘lmaydi. Ular ikkinchi darajali tashuvchilardir. Bugungi kunda koronavirus infeksiyasi tarqalishining asosiy manbasi — bu odamlar”, — degan u.

Avvalroq Rossiyada uy hayvonlari uchun koronavirusni aniqlashda 10 mingta test ishlab chiqarilishi xabar berilgan. Bu haqda Rosselxoznadzor rahbarining o‘rinbosari Konstantin Savenkov ma’lum qilgan.

 Mavzuga doir: