Daryo.uz | Rasmiy kanal

Zangiotada 31 yillik jinoyat fosh etildi. Qotillikni sodir etgan ayol hozir 83 yoshda

Zangiotada bundan 31 yil avval qotillik sodir etgan va hozirda sakson uchga kirgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan qasddan odam o‘ldirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qilgan.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/b77377c6fcbc212a18bab4bcac54348f.jpg
Foto: Facebook

2020-yilning 23-may kuni Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.G. yashash hovlisidagi eski omborxonani buzib, o‘rniga hojatxona qurish uchun chuqur qazigan vaqtda tuproq orasidan odam skeletiga xos bo‘lgan suyaklar topilgan.

Surishtiruv davomida Z.G.ning mazkur xonadonni 1989-yilda Ye.M. ismli ayoldan sotib olgani aniqlangan. Ye.M. (1937-yilda tug‘ilgan) qilmishidan pushaymon bo‘lib, aybiga iqror bo‘ldi. Uning tan olishicha, 1989-yilda o‘zi bilan birga yashab kelgan R.Sh.ni (marhum ayoldan 20 yosh kichik bo‘lgan) qasddan o‘ldirib, murdani hovliga ko‘mib yuborgan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay hovlini sotgan.

Ayolga qanday jazo berilishi hozircha noma’lum. Ayni vaqtda tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.