Daryo.uz | Rasmiy kanal
Artyom Dzyuba: Eldor Shomurodov yaxshi hujumchi, u bilan kurashimiz hali tugamadi
“Zenit” hujumchisi Artyom Dzyuba Rossiya chempionatidagi to‘purarlar poygasi haqida gapirdi.
“Kurash hali tugamadi. Shomurodov juda yaxshi hujumchi, u menda yaxshi taassurot qoldirgan. Sardor Azmun ham istalgan vaqtda poygaga qaytishi mumkin. Shunday ekan yutish oson bo‘lmaydi, biroq bu juda qiziq bo‘ladi. Kurashamiz.
Qaysi futbolchi yaxshi pozitsiyada bo‘lsa, o‘shanga to‘pni oshirgan ma’qul, men shunday hisoblayman. Azmunga ham har safar shuni aytaman. Agar faqat gol urishga e’tibor qaratsang, muntazam to‘p kirita olmaysan. Bu futbol qonuni. Avvalo jamoa haqida o‘ylash kerak va ochko to‘plash muhim”, — deydi Dzyuba.
Rossiya Premyer Ligasi joriy mavsumida Dzyuba 13 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinni “Rostov”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov (11 ta gol) egallagan. “Zenit”ning yana bir vakili Sardor Azmun va “Spartak” forvardi Aleksand Sobolyevda 10 tadan gol mavjud.