Daryo.uz | Rasmiy kanal

O‘zbekistonda “suyunchi puli”ni bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy ichida DXMga murojaat qilish orqali olish mumkin

Davlat xizmatlari agentligining ma’lum qilishicha, agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari, shuningdek, 1148 qisqa raqamlli “ishonch telefoni” orqali bir martalik nafaqa puli berishni so‘rab qilinayotgan murojaatlar soni ortdi. Shu sababli DXA axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova bu masala bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/03/9B9A7386.jpg
Foto: “Daryo”

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, ariza beruvchi bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida “suyunchi puli”ni tayinlashi uchun Davlat xizmatlari markaziga (DXM) borgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qiladi.

Ushbu xizmatdan foydalanish tartibi quyidagicha:

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

Mavzuga doir: Davlat xizmatlari agentligi arzon uylarning DXM orqali berilishi boshlangani yuzasidan tushuntirish berdi