Daryo.uz | Rasmiy kanal
O‘zbekistonda yana 9 kishi koronavirusdan tuzaldi. Ular orasida Tojikiston fuqarosi ham bor
Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 5 nafar, Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (3 nafari Samarqand shahridan, Pastarg‘om va Toyloq tumanlaridan esa 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari erkaklar, 3 nafari ayollar. Ular orasida yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi 5 yoshda. Viloyatda ayni paytga qadar 249 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda tuzzalganlar soni 254 nafarga yetdi.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari Toshkent viloyatidan, 1 nafari Surxondaryo viloyatidan, yana 1 nafari esa Tojikistondan. Ularning 3 nafari erkaklar, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 60 yoshda, yoshi kichigi 34 yoshda. Endilikda Toshkent shahrida sog‘ayganlar 980 nafarga yetdi.
Bundan avval respublika bo‘yicha sog‘ayganlar soni 2659 nafarni tashkil etayotgandi. Shunday qilib, 27-may kuni 32 nafar bemor tuzalib, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2668 nafarga yetdi.
Kasallanganlarning umumiy soni esa 27-may soat 16:30 holatiga ko‘ra, 3355 nafarni tashkil etmoqda. 14 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.