Daryo.uz | Rasmiy kanal

Toshkentda Nexia va Tico to‘qnashuvi oqibatida 39 yoshli erkak vafot etdi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida 26-may, seshanba kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/Sergeli-YTH-2605-1.jpg
Foto: YHXBB

Hodisa soat 20:00 larda THAY–Qumariq ko‘chalari chorrahasida yuz bergan. 1969-yilda tug‘ilgan T.Q. ismli erkak Nexia-2 avtomobilini boshqarayotib, asosiy yo‘ldan kelayotgan, haydovchi 1998-yilda tug‘ilgan I.E. ismli erkak boshqaruvidagi Tico’ni o‘tkazib yubormasdan harakatlanganligi oqibatida to‘qnashuv sodir etgan.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/Sergeli-YTH-2605-2.jpg
Foto: YHXBB

YTH oqibatida Nexia-2 yo‘lovchisi 1981-yilda tug‘ilgan A.Q. ismli erkak og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.

Tico haydovchisi I.E. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/Sergeli-YTH-2605-3.jpg
Foto: YHXBB

Mazkur YTH yuzasidan Sergeli tumani IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23-may kuni Toshkent shahrida uch mashina ishtirokidagi YTHda haydovchilardan biri vafot etgandi. 20-may kuni Sergeli tumanida Matiz urib yuborgan 68 yoshli erkak shifoxonada vafot etgandi.