Daryo.uz | Rasmiy kanal

Rossiyada sutka davomida 8338 kishida koronavirus qayd etildi. Bemorlarning 161 nafari vafot etdi

Rossiyada 27-may holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar 8 338 nafarga oshdi. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 577 kishiga kamdir.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/Rossiya-koronavirus-10.jpg
Foto: EPA

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda umumiy hisobda 370 680 kishi koronavirusga chalingan.

So‘nggi sutkada kasallanganlarning eng ko‘pi Moskva (2 140 nafar), Moskva viloyati (793 nafar), Sankt-Peterburg (387) shaharlarida aniqlangan.

Shuningdek, sutka davomida 161 nafar bemor, umumiy hisobda esa 3 968 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan. 26-may kuni 174 kishi, 25-may kuni 92 kishi, 24-may kuni esa 153 kishi koronavirusdan vafot etgandi.

Kasallanganlarning 11 079 nafari tuzalib, ularning umumiy soni 142 208 nafarga yetgan.

Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha 9,4 milliondan ortiq test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: