Daryo.uz | Rasmiy kanal

Ben Askren MMA tarixidagi eng buyuk jangchilar ro‘yxatini tuzdi. Undan Habib o‘rin oldi, Konor esa yo‘q

Bellator va ONE promoushenlari chempioni, yarim og‘ir vazn toifasida UFC sobiq jangchisi Ben Askren MMA tarixidagi eng yaxshi yakkakurashchilarni sanab o‘tdi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2019/01/gettyimages-1050078216-680x408.jpg
Foto: Getty Images

“Menimcha, aralash yakkakurashlar tarixidagi eng yaxshi jangchi nomiga yetti kishi da’vogarlik qiladi. Ulardan ichida eng yaxshisini tanlay olmayman.

Avvaliga kuchli yettilikdan kimlar o‘rin olmagani haqida gapirsam. Fyodor Yemelyanenko va Bi Jey Penn, ularning faoliyati ajoyib. Biroq Fyodor ketma-ket uch marta mag‘lubiyatga uchradi, Penn ham ortiqcha qolib ketdi. Agar faoliyatlari uzoqqa cho‘zilmaganida, ularni sanab o‘tishimiz mumkin edi.

Ben Henderson — ko‘plab ajoyib g‘alabalar, biroq mag‘lubiyat ham anchagina. Konor Makgregor. U o‘zini tarixdagi eng yaxshilar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa qo‘yadi, biroq Konor biror marta ham chempionlikni himoya qilmagan. U Habibga qarshi jangda bitta ham raundni o‘z foydasiga hal qila olmagan va albatta, saviyasi yuqori bo‘lmagan Neyt Diasga yutqazgan.

Endi kuchli yettilikni sanab o‘taman: Jorj Sen-Pyer, Anderson Silva, Habib Nurmagomedov, Daniel Kormye, Genri Sehudo, Demetrius Jonson va Jon Jons”, — deydi Askren.

Mavzuga doir: