Daryo.uz | Rasmiy kanal
Putinni sudga bergan Chuvashiston sobiq rahbari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi
Chuvashiston sobiq rahbari Mixail Ignatyev Sankt-Peterburgdagi kasalxonasiga yotqizildi, deb xabar bermoqda “Kommersant” o‘z manbalariga tayanib.
Qayd etilishicha, unga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Mixail Ignatyevda o‘pka yallig‘lanishining yuqori darajasi qayd etilgan bo‘lib, u og‘ir ahvolda.
Nasrning yozishicha, ayni paytda u o‘tkir nafas etishmovchiligining og‘ir shaklida qo‘llaniladigan qonni kislorod bilan ta’minlovchi apparatga ulab qo‘yilgan.
Almazov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot markazining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bu borada izoh berishdan bosh tortgan. “Biz ushbu ma’lumotni tasdiqlay olmaymiz, rad ham eta olmaymiz. Bemorlar haqidagi ma’lumot shifokorlar siri hisoblanadi”, — deb javob bergan ular “RIA Novosti”ning so‘roviga javoban.
Avvalroq Putinni Mixail Ignatyevni Chuvashiston rahbarligidan bo‘shatgani, bundan norozi bo‘lgan Ignatyev prezidentni sudga bergani xabar berilgandi. Rossiya Oliy sudi uning da’vosini ko‘rib chiqish sanasini 30-iyun kuniga belgilagandi.
Ignatyev yanvar oyi o‘rtalarida, matbuotdagi buyurtma materiallar haqida gapirarkan, jurnalist va blogerlarning “surobini to‘g‘irlab qo‘yish” kerakligini ta’kidlagan edi. 23-yanvarda esa yangi o‘t o‘chirish mashinalarining kalitlarini topshirish marosimida FVV xodimini kalitni olish uchun bir necha bor sakrashga majbur qilgan edi.