Daryo.uz | Rasmiy kanal
Rossiyada ilk bor mushukda koronavirus aniqlandi
Rossiyada besh yoshli mushukda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Rosselxoznadzorga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bu “Rossiyada mushukda koronavirus aniqlangan ilk holat hisoblanadi”.
Mushukka tashxis bir hafta oldin qo‘yilgan, hayvon hozirda “yashash joyi bo‘yicha” karantinda saqlanmoqda.
Rosselxoznadzor rahbarining o‘rinbosari Nikolay Vlasovning aytishicha, “hozircha mushuklarga nisbatan hech qanday antikoronavirus choralarini ko‘rish shart emas”.
Avvalroq AQShda ilk bor mushuklarda ham koronavirus qayd etilgandi. Undan avvalroq esa Nyu-Yorkdagi Bronks hayvonot bog‘ida yo‘lbars koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgan edi.