Daryo.uz | Rasmiy kanal

Yunusoboddagi ayrim mahalla va mavzelarda 28-may kuni gaz ta’minoti vaqtinchalik o‘chiriladi

Toshkent shahar Yunusobod tumani Qoraqamish ko‘chasida joylashgan “LEP” stansiyasini boshqa joyga ko‘chirish ishlari sababli 28-may kuni yerosti gaz quvurini kesish va ulash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, ushbu ishlar 28-may kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar amalga oshiriladi va Yunusobod tumanidagi ayrim tabiiy gaz iste’molchilariga gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Aholi va ulgurji iste’molchilar:

Avvalroq Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sayohat ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur ko‘cha 26-maydan boshlab bir oyga yopilgani haqida xabar berilgan edi.