Daryo.uz | Rasmiy kanal
O‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov to‘p tepayotgan “Ufa” klubini “Manchester Siti” xo‘jayinlari sotib olishi mumkin
Rossiyaning “Ufa” klubi xo‘jayinlari o‘zgarishi mumkin. Bu haqda “On Eyr”ga asoslanib “Chempionat” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, rus klubiga Red Bull kompaniyasi va “Manchester Siti”ga egalik qiluvchi City Football Group holdingi da’vogarlik qilmoqda. Klub bosh direktori Shamil Gazizov birinchi variantni ma’qul ko‘rmoqda. “Ufa” rahbariyati yuqoridagi kompaniyalar vakillari bilan bir necha bor muzokara o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, “Ufa”da o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov to‘p suradi. Oston qishda ufaliklar safiga borib qo‘shilgandi.
City Football Group “Manchester Siti”dan tashqari “Nyu-York Siti” (AQSh), “Melburn Siti” (Avstraliya), “Yokogama Marinos” (Yaponiya), “Jirona” (Ispaniya), “Mumbay Siti” (Hindiston) va boshqa bir qator klublarga egalik qiladi. Red Bull ham dunyo bo‘ylab ko‘plab klublarga ega, ulardan eng mashhurlari — “RB Leypsig” va “Red Bull Zalsburg”.
“Ufa” klubiga 2009-yilda asos solingan, jamoa 2014/15-yilgi mavsumdan buyon Rossiya Premyer Ligasida harakat qiladi. RPL joriy mavsumi 22-turidan so‘ng 9-o‘rinni egallab turibdi.