Daryo.uz | Rasmiy kanal

Pentagon tezkorlik bilan yadroviy sinovlarni o‘tkazishga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Pentagon AQSh prezidentining talabiga ko‘ra, bir necha oy ichida yadroviy sinovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga tayyor. Bu haqda mamlakatda Mudofaa vazirligi rahbari o‘rinbosarining yadroviy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Dryu Uolterga tayanib, Defense News xabar berdi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/1563980248_0_252_1581_1141_1036x0_80_0_0_7cd0ba80fd8061b6a5efdc0a7e2871d9-680x383.jpg
Foto: Flickr

Avvalroq Donald Tramp administratsiyasi 1992-yildan beri birinchi bor yadroviy sinovlarni o‘tkazish masalasini ilgari surgani haqida xabar berilgandi.

“Prezident texnik yoki geosiyosiy sabab tufayli qaror chiqarsa, cheklangan ma’lumotlar to‘plamiga ega tezkor sinovlar bir nech oy ichida amalga oshirilishi mumkin”, — deydi Uolter.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yerosti sinovlari Nevada shtatida o‘tkazilishi mumkin, biroq tayyorgarlik jarayoni juda tez bo‘lgani sabab olingan ma’lumotlar minimal miqdorda bo‘ladi. Ko‘p miqdordagi foydali ma’lumotlarni olish uchun to‘laqonli sinovlarni o‘tkazishga yillar kerak bo‘ladi.

Aprel oyida AQSh davlat departamenti Rossiyada yadroviy qurollarni sinovda o‘tkazishda ayblagan edi. Rossiya TIV esa yadroviy sinovlarga qo‘yilgan moratoriy qoidalari buzilganini rad etgan.