Daryo.uz | Rasmiy kanal
AQShda kamayotgan koronavirus va Bill Geytsdan karantin uchun kitoblar ro‘yxati. Tojikistonda koronavirusdan vafot etganlar soni aslida qancha? Haftaning eng muhim tvitlari
“Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslariga sabab bo‘lgan tvitlarni diqqatingizga havola etadi.
“Koronavirusning yangi holatlari aniqlanishi, o‘limlar sonidagi raqamlar butun mamlakatda pasayib bormoqda”, – Donald Tramp, AQSh prezidenti.
“Telegraph nashri ‘Markaziy Osiyoning unutilgan ‘istoni’ nomli maqola chop etdi. Maqolada keltirilgan ma’lumotlar haqiqatga yaqin. Markaziy Osiyo respublikalari sayyohlar orasida mashhur bo‘lib borayotgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik uning Qoraqolpog‘istoni haqida kam eshitgan”, – Sofi Ibbotson, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi sayyohlik elchisi.
“O‘zbekistonning Tojikistonga pandemiya sharoitidagi yordami jami ko‘rsatilgan moliyaviy yordamning deyarli uchdan birini tashkil qiladi. Tojikistonga eng ko‘p yordam ko‘rsatgan mamlakatlar uchligiga Xitoy (qariyb 2 million dollar) va Rossiya (865 ming dollar) ham bor”, – Jen Murtazashvili, Pittsburg universitet professori.
“AQSh hukumati Braziliya hududida so‘nggi 14 kun mobaynida bo‘lgan xorijliklarni mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ydi. Qarorga prezident Tramp imzo qoygan”, – Mixail Komadovskiy, “Amerika ovozi” axborot agentligining Oq Uydagi jurnalisti.
“Hokimiyat tepasiga kelgan kunimdan boshlab butun maoshimni 400 ming dollardan 450 ming dollargacha hukumatga qaytarib berganman. Eng oxirgi maoshimni koronavirusni bartaraf qilish uchun sog‘liqni saqlash tizimiga berdim. Bu men uchun sharaf”, – Donald Tramp, AQSh prezidenti.
“Putin maktab dasturiga yosh avlodni vatanparvarlik va ‘millat qahramonlariga’ hurmat ruhida tarbiyalashni taklif qildi. Yoshi kattalar uchun ham nega Ramzan Qodirov – Rossiya qahramoni, Arkadiy Rottenberg – mehnat qahramoni-yu, bosh vazir o‘rinbosari Nemsov nomidagi xiyobon Rossiyani tahqirlash ekanini tushunishda qiyin bo‘ladi”, – Mixail Xodorkovskiy, muxolif siyosatchi, YUKOS kompaniyasining sobiq direktori.
“Mansab vakolatidan foydalanib, qo‘l ostidagilarga tazyiq o‘tkazadiganlar, ularning ishchanligiga putur yetkazadiganlar eng jirkanch kimsalar bo‘ladi”, – Muzaffar Qosimov, “Orbita.uz” sayti muallifi, tadqiqotchi olim.
“Olti oy vaqt otgan va 100 minglab amerikalik koronavirusdan vafot etgan bo‘lsalar-da, Tramp ma’muriyatida koronavirusning tarqalishini oldini olish borasida testlar olishni ko‘paytirish uchun jiddiy qadamlar qo‘yilmayapti”, – Nensi Pelosi, AQSh Kongressi spikeri.
“Dunyo tarixida birinchi marta pauza bosildi va biz bu pauzadan so‘ng hayotimiz qay tarzda o‘zgarishi haqida bosh qotira boshladik. Koronavirusdan so‘nggi jamiyatda o‘rnimiz qanday bo‘ladi, o‘ylay boshadik. Bu esa xudbinlik va manfaatparastlik, qarama-qarshilik va hamkorlik, nizo va tinchlik orasidagi tanlov bo‘ladi”, – Salome Zurabishvili, Gruziya respublikasining beshinchi prezidenti.
“Muhabbatning kuchi haqidagi hayotiy voqea. 15 yoshli hindistonlik qiz xasta otasini jonajon qishlog‘iga olib borish uchun velosipedda bir nech yuz kilometrni bosib o‘tadi. Otasi uydan uzoqda xastalanadi va taksi olishga imkoni bo‘lmaydi. Qiz esa eng oxirgi pullariga velosiped xarid qilishga va sakkiz kunni yo‘lda o‘tkazishga majbur bo‘ladi”, – DW axborot nashrining Twitter’dagi sahifasi.
“Rasman Tojikistonda koronavirusdan 47 nafar shaxs vafot etgani aytilmoqda, ammo ‘ichkaridan’ olingan manbalar o‘limlar soni 350 tadan oshgani haqida ma’lumot bermoqda”, – Edvard Lemon, “Eurasia.net” nashri muharriri.
“Barcha o‘quvchilar bilan do‘stona munosabat qurishning eng asosiy qoidalari: 1. O‘zingiz o‘qitayotgan faningizdan ko‘ra o‘quvchilaringizni ko‘proq yaxshi ko‘ring yoki dars berayotgan sinfingizni; 2. Baholardan ko‘ra o‘quvchilaringizning ruhini ko‘taradigan ijobiy mazmundagi feedback – o‘qishlari yuzasidan izoh bering; 3. Ular muammosiga hamdard bo‘ling”, – Erik Sheninger, AQShning yil o‘qituvchisi, murabbiy pedagog.
“Kasalliklarning oldini olish va to‘xtatish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida yopilgan restoranlar va ovqatlanish markazlari sababli kalamushlar tobora tajovuzkor bo‘lib bormoqda”, – The New York Times nashrining ilm-fan rukni.
“Pandemiyada davrida yoz oyida mutolaa qilish uchun yoki o‘zingizni chalg‘itish uchun tavsiya etiladigan besh kitob”, – Bill Geyts, Microsoft kompaniyasi asoschisi.
Jahongir Ergashev tayyorladi.