Daryo.uz | Rasmiy kanal
Kilian Mbappe kumirlarini ma’lum qildi. Ularning ikkalasi ham “Real”ga aloqador
PSJ klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe futboldagi kumirlari va kelajakdagi maqsadlari haqida gapirdi.
“Men uchun namuna bo‘lgan ilk futbolchi — bu Zidan, chunki u milliy terma jamoa bilan yuqori marralarga erishgan. Keyingisi Krishtianu Ronaldu. U allaqachon ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan, biroq bu darajadagi muvaffaqiyatdan keyin ham g‘oliblik ruhini saqlab qolgan. Ularning ikkisi ham futbol tarixida o‘z izini qoldirgan va men ham u yerda o‘z ismimni qoldirishni xohlayman.
“Oltin to‘p”? Uni yutib olsam ajoyib ish bo‘lardi, biroq bu meni kechalari uyqu bermaydigan darajada o‘ylantirmaydi. Bu sovrinni keyingi mavsum yoki undan keyingi yilda yutishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ymayman, menda hali vaqt yetarli. Men uchun eng muhimi PSJ va milliy terma jamoa. Agar ushbu jamoalardagi muvaffaqiyatli harakatlar sabab qandaydir individual sovrin qo‘lga kiritsam, bu o‘ziga xos bonus bo‘ladi. Terma jamoa bilan Yevropa chempionatida va PSJ bilan Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni istayman”, — deydi Mbappe.
21 yoshli futbolchi Liga 1 joriy mavsumida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 18 gol va oltita samarali uzatma muallifiga aylandi.
Mavzuga doir: Mbappe yangi shartnoma oldidan PSJga shart qo‘ydi
“Real” bir qancha vaqtdan buyon Mbappega qiziqib keladi. Avvalroq madridliklar Kilianni olib kelish rejasini 2021-yilning yoziga qoldirgani xabar qilingandi.