Daryo.uz | Rasmiy kanal
Chuvashistonning ishdan olingan rahbari Putinni sudga berdi
Rossiya Oliy sudi Chuvashiston sobiq rahbari Mixail Ignatyevning mamlakat prezidenti Vladimir Putinga nisbatan da’vosini ko‘rib chiqish sanasini 30-iyun kuniga belgiladi.
Ignatyev o‘zining mintaqa rahbarligidan iste’foga chiqarilishi to‘g‘risidagi prezident qaroridan norozi ekanligini bildirgan.
Putin uni 2020-yilning yanvarida ishdan bo‘shatgan edi. Mixail Ignatyev 2010-yil iyuldan beri Chuvashistonga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Ignatyev yanvar oyi o‘rtalarida, matbuotdagi buyurtma materiallar haqida gapirarkan, jurnalist va blogerlarning “surobini to‘g‘rilab qo‘yish” kerakligini ta’kidlagan edi. 23-yanvarda esa yangi o‘t o‘chirish mashinalarining kalitlarini topshirish marosimida FVV xodimini kalitni olish uchun bir necha bor sakrashga majbur qilgan edi.
Shundan so‘ng, Ignatyev 28-yanvarda Rossiyada hukmron “Yedinaya Rossiya” partiyasi safidan chiqarilgani ma’lum bo‘ldi. Partiya bosh kengashi kotibi Andrey Turchak “Yedinaya Rossiya” a’zolari Ignatyev ortiq Chuvashistonga rahbarlik qilmasligi kerak, degan fikrda ekanligini ma’lum qilgan edi.