Daryo.uz | Rasmiy kanal

Qirollik imtiyozlaridan voz kechgan shahzoda Garri otasidan pul so‘rashga majbur bo‘ldi

Shahzoda Garri va Megan Markl moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgani sabab shahzoda Charlzdan yordam so‘radi, deb xabar beradi The Times Hub.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/f089b8b5c50a812b3e42f77c3975b17b-680x489.jpg
Foto: The Times Hub

Sasseks gersoglarida moliyaviy muammolar qirollik imtiyozlaridan voz kechib, Buyuk Britaniyadan Kanadaga, so‘ngra Kaliforniyaga ko‘chib ketgach yuzaga kelgan.

Shahzoda Garrining doimiy daromad manbayi yo‘q va u hech yerda ishlamaydi, Megan Marklga esa hech kim kino va reklamada suratga tushish taklifini bildirmayotgani sabab juftlik pulga muhtoj.

“Ular soliq to‘lovchilar soliq to‘lashda davom etishiga umid qilgandi. Biroq oyoqlari ostidagi gilam tezda tortib olindi va ular shahzoda Charlzdan yordam so‘rashga majbur bo‘lmoqda”, — deydi insayder.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Garri o‘zining uchta ov qurolini 180 ming dollarga sotishga majbur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, shahzoda Garri va Megan Markl 31-mart kuni qirollik maqomidan rasman mahrum bo‘lgandi. Aprel oyining boshlarida ular Instagram’dagi 11 million folloverlari bilan xayrlashgan edi.