Daryo.uz | Rasmiy kanal

Italiyalik olimlar koronavirusning o‘pka faoliyatiga ta’sirini tahlil qildi

COVID-19 koronavirusining o‘pkaga zarar yetkazishining ehtimoli yuqori, infeksiyadan tuzalganlarning 30 foizida dastlabki olti oy davomida nafas olish bilan bog‘liq surunkali muammolar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Italiya pulmonologiya jamiyatining (Società Italiana di Pneumologia, SIP) vebinarida ishtirok etgan mahalliy olimlar ma’lum qilgan.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/Bloomberg-vrachi.jpg
Foto: Bloomberg

O‘pka fibrozi, ya’ni kasallik asoratlarining qolishi nafas olishda jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi va kelajakda patologiyaga aylanib boshqalarga yuqishi mumkin, degan Rimdagi Gemelli pulmonologiya kasalxonasi professori Luka Rikseldi. Olim Italiya hukumati qoshidagi COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha ilmiy-texnik qo‘mita tarkibiga kirgan.

“Kasalxonalarda uzoq davolangan bemorlarda nafas yo‘llari faoliyatining tiklanishiga vaqt talab qilinishi haqidagi farazning haqiqatga yaqinligi ehtimoli o‘sib bormoqda, og‘ir holatlarda organlarning ishlashi to‘liq tiklanmasligi mumkin. Shuning uchun ekspertlar respirator reabilitatsiya davolash kurslarini o‘tkazish va bemorlarning kasallikning asoratlari ta’siriga tushishi haqida uslubiy qo‘llanmalar izlashi talab qilinadi”, – deb yozmoqda Il Sole 24 Ore gazetasi.

Rikseldining so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar COVID-19 bilan kasallangan kasalxonalarda davolanayotgan yoki tuzalgan bemorlarning nafas olish bilan bog‘liq muammolarini kuzatmoqda. Ushbu qiyinchiliklar bir necha oy davom etishi mumkin, deya ta’kidlagan ekspert.

“SARS atipik pnevmoniyasiga chalingan bemorlar haqidagi ma’lumotlar ham kasallikdan olti oy o‘tib o‘pka anomaliyalari nafas olish funksiyalarida saqlanib qolishi ta’kidlangan. Bu nafas olishda qiynalish, o‘pka hajmining qisqarishi, nafas yo‘li to‘qimalarining zaiflashuvi, bemorlarda olti daqiqa sayrdan keyin ham charchab qolish holatlaridir”, – degan vaziyatni COVID-19 atrofidagi holat bilan taqqoslagan Rikeldi.

Tuzalganlarning 30 foizining o‘pkasida fibroz o‘zgarishlar kuzatiladi: amalda oddiy sayrdan keyin ham bemorda nafas qisishi kuzatilishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Virtual simpoziumning ishtirokchilari Italiyadagi koronavirus epidemiyasi davrida to‘plangan dastlabki ma’lumotlarni 2003-yilda Xitoyda tarqalgan SARS koronavirusi haqidagi hisobotlar bilan solishtirgan. O‘pka fibrozi katta odamlarda o‘rta hisobda olti oy – bir yilda o‘tib ketadi, biroq ayrim bemorlarda nafas olish organlari faoliyati sustlashishi mumkin.

Shu sababli ekspertlar avval kasalxonalardan davolanib chiqqan bermorlarni qayta tekshirish va ularning farmakologik davolash hamda reabilitatsiyaga muhtoj yoki muhtoj emasligini aniqlash zarurligini bildirgan. O‘pka to‘qimalarida fibroz asoratlari bo‘lgan bemorlarning ko‘payshi tibbiyotda yangi muammoga aylanishi mumkin, deya qayd etgan Rikeldi.

Mavzuga doir: