Daryo.uz | Rasmiy kanal

Uxanlik Xatiko: It koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilgan egasini uch oy kutdi

Fevral oyida xitoylik erkak koronavirusga chalinib, kasalxonaga tushib qoldi. Uning iti ham ayrilishni xohlamay, egasining ortidan keldi, deb yozadi Oriental Daily.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/e1b945357e76905f558c1addd00b89bd.jpg
Foto: Oriental Daily

Itning egasi kasallikni yenga olmadi, jonivor uning vafotidan keyin ham kasalxonani tark etishni istamadi.

Kasalxona ichidagi do‘konda ishlaydigan ayol itga Syao Bao deb laqab qo‘ydi hamda bir muddat unga qarab turdi. Ayol itni uyiga olib ketmoqchi bo‘ldi, biroq it kasalxonadan uzoqlashishni xohlamadi.

Biroq sanitar normalar kasalxonada it boqishga ruxsat bermaydi, shuning uchun Syao Bao u yerni tark etishga majbur bo‘ldi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/8f8d2144fd64db971b9fd8433d098051.jpg
Foto: Oriental Daily

Do‘kon xodimi Uxan hayvonlarni himoya qilish assotsiatsiyasi bilan bog‘lanib, ulardan jonivorga yangi boshpana topib berishni so‘radi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/5e96dd3c4fb0245a5cd4fe35cf963f51.jpg
Foto: Oriental Daily

Syao Bao assotsiatsiya xodimlaridan biroz qo‘rqdi. Lekin ular it bilan ancha vaqt o‘ynadi. Hozirda xodimlar itga yangi oila izlamoqda.