Daryo.uz | Rasmiy kanal

Sulsherdan Levandovskigacha. Futbol tarixiga kirgan 7 almashtirish haqida

Aksariyat muxlislar futboldagi o‘yinchi almashtirilishini zaruriyat deb hisoblaydi.

Avvallari biror bir futbolchi jarohat olsa, o‘sha jamoa ozchilikda o‘ynashga majbur bo‘lgan. Keyinchalik esa jarohatlangan futbolchilarning boshqa o‘yinchi tushirish imkonini beradigan yangi qoida o‘ylab topildi. Vaqt o‘tishi bilan murabbiylar taktika va o‘yinga o‘zgartirish kiritish maqsadida zaxira o‘yinchilaridan foydalana boshladi. Tarix shuni ko‘rsatadiki, haqiqatan ham mohirona almashtirishlar uchrashuv taqdirini butunlay o‘zgartirib yuboradi.

Quyida aynan shunday muhim almashtirishlar to‘g‘risida so‘z boradi.

Ole-Gunnar Sulsher (“Manchester Yunayted”, 1999-yilgi Chempionlar Ligasi finali)

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/sulsher-680x425.jpg
Foto: Google Images

“Manchester Yunayted”ning amaldagi ustozi futbolchi sifatida 1996-yilda “qizil iblislar” safiga qo‘shiladi.

U debyut o‘yinidayoq zaxiradan maydonga tushib, raqib darvozasini ishg‘ol etgandi. Sulsher bu ishni 29 marotaba takrorlaydi. Ammo uning zaxiradan tushib, urgan eng muhim goli, shubhasiz, 1999-yilgi Chempionlar Ligasi finalida “Bavariya” darvozasiga kiritgan golidir.

Garet Beyl (“Real”, 2018-yilgi Chempionlar Ligasi finali)

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/beyl-680x452.jpg
Foto: Google Images

Beyl Chempionlar Ligasining final uchrashuvi uning ishtirokisiz boshlanganidan g‘azabda edi. Uelslik futbolchi zaxirada qoldiriladi va 61-daqiqaga kelibgina, hisob 1:1 bo‘lgan paytda maydonga tushiriladi. Uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Beyl aqlbovar qilmaydigan zarbasi bilan “qirollik klubi”ni oldinga olib chiqadi.

Birozdan so‘ng esa Beyl ikkinchi golini ham golini uradi. To‘g‘ri, bu golda “Liverpul” darvozaboni Kariusning ham “hissa”si bo‘lgan.

Juliano Belletti (“Barselona”, 2006-yilgi Chempionlar Ligasi finali)

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/belleti-680x550.jpg
Foto: Getty Images

Chempionlar Ligasi finali, 2006-yil. Hisob 1:1. “Arsenal” to‘rtinchi unvonni qo‘lga kiritish uchun shiddat bilan harakat qilayotgandi. 71-daqiqada maydonda Juliano Belletti paydo bo‘ldi. Avvaliga Samyuel Eto’O 76-daqiqada hisobni tenglashtiradi. Juliano esa 81-daqiqada “Barselona”ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qiladi.

Bellettining “Barselona”ni qutqarishi haqida hech kim o‘ylamagan ham bo‘lsa kerak, biroq futbol har doim oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan sport turi bo‘lib kelgan.

Jorjinyo Veynaldum (“Liverpul”, 2018/19-yilgi Chempionlar Ligasi yarim finali)

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/veynaldum-680x471.jpg
Foto: Google Images

Barselona”ga qarshi yarim final o‘yinida “qizillar” ustozi Yurgen Klopp hamma narsani to‘g‘ri qildi – tanaffus vaqtida Endryu Robertson o‘rniga Jorjinyoni maydonga tushirdi. Aynan niderlandiyalik futbolchi dubl qayd etib, katalon klubini musobaqadan chiqarib yubordi.

Natija: 4:0. Bu Yevropa musobaqalarining zamonaviy tarixidagi eng yaxshi kambeklaridan biri. Asosiy rolda esa Jorjinyo Veynaldum!

Eder (Portugaliya, Yevro–2016 finali)

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/eder-680x453.jpg
Foto: Google Images

Super almashtirishlar faqatgina Chempionlar Ligasida bo‘lmagan.

Yevro–2016 da hech kim Portugaliyadan o‘zgacha bir shijoatni kutmagandi. Hatto jamoa sardori Krishtianu Ronaldu ham jarohati tufayli final yulduziga aylanolmagandi. Aynan o‘sha paytda ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lmagan Eder katta sahnaga chiqadi. Uning 109-daqiqada kiritgan to‘pi uni haqli ravishda millat qahramoniga aylantiradi.

Mario Gyotse (Germaniya, 2014-yilgi Jahon Chempionati finali)

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/photo_2020-05-27_12-53-48-680x500.jpg
Foto: Google Images

Jahon Chempionatida g‘olib bo‘lishdan yaxshiroq nima ham bo‘lishi mumkin? Buning ustiga finaldagi hal qiluvchi gol bo‘lsa...

Frans Bekkenbauerning ta’rifiga ko‘ra, Mario Gyotse 2014-yilda nemis futbolining yangi xaloskoriga aylanadi.

2014-yilgi final o‘yini teng kurashlar ostida o‘tayotgandi, nemislar Argentina terma jamoasiga qarshi edi. Bellashuvning 88-daqiqasida nisbatan tajribasiz Gyotse terma jamoa safida gollar bo‘yicha rekordchi –Miroslav Klozenining o‘rnini egallaydi.

Penaltilar seriyasiga atigi yetti daqiqa qolgandi va tomoshabinlar allaqachon goldan umid uzib bo‘lgandi. Shu payt Gyotse Andre Shyurrledan to‘pni qabul qilib, uni darvozaga joylab qo‘yadi. Natijada Mario Jahon Kubogi finalida zaxiradan tushib gol urgan birinchi o‘yinchiga aylanadi.

Robert Levandovski (“Bavariya”, Bundesliga 2015/16-yilgi mavsum)

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/levandovski-1-680x428.jpg
Foto: Google Images

“Bavariya” “Volfsburg”ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berayotgandi. Shogirdlarining muvaffaqiyatsiz harakatlaridan charchagan Gvardiola ikkinchi bo‘limda Levandovskini maydonga qo‘yishga qaror qiladi.

Robert birinchi golini 51-daqiqada, ikkinchisini 52-daqiqada uradi. 55-daqiqaga kelib, u allaqachon het-trikni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ygandi. Ikki daqiqa o‘tgach, to‘rtinchi gol. Vanihoyat 60-daqiqada beshinchi gol raqib darvozasidan joy oladi.

To‘qqiz daqiqa – beshta gol. Aqlbovar qilmas natija. Nemis futboli tarixida hali hech kim bunday natijani qayd etmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!