Daryo.uz | Rasmiy kanal

Qashqadaryodagi ko‘p qavatli uylardan biriga kirib qolgan ilon ushlandi (video)

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qarshi shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biriga kirib qolgan ilonni ushlashga muvaffaq bo‘ldi. Ilonning qo‘lga olinishi tasvirlangan video Telegram’da paydo bo‘ldi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/%D0%91%D0%B5%D0%B7%D1%8B%D0%BC%D1%8F%D0%BD%D0%BD%D1%8B%D0%B9-22-630x352.jpg
Kadr: Telegram

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur voqea Qarshi shahridagi 5-mikrorayonda sodir bo‘lgan.

Қашқадарёда қутқарувчилар кўпқаватли уйга кириб олган илонни олиб чиқишди

@toshonlayn

“A.X. ismli fuqaro viloyat FVB navbatchilik qismiga uyiga ilon kirib olganligi haqida ma’lum qilgan. Qutqaruvchilar sanoqli daqiqalarda zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi va ‘chaqirilmagan mehmon’ni tutib, xavfni bartaraf qildi” — deyiladi xabarda.