Daryo.uz | Rasmiy kanal

Ringga qaytayotgan Mayk Tayson UFC sobiq chempioni Vitor Belfort bilan shug‘ullanmoqda

Boks bo‘yicha super og‘ir vazn sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson ringga qaytish yo‘lida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/tayson-680x430.jpeg
Foto: Getty Images

Bu safar afsonaviy bokschi UFC sobiq chempioni Vitor Belfort bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda braziliyalik sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

“Boks bo‘yicha eng yosh Jahon chempioni UFC’ning eng yosh chempioni bilan. Mayk qirol bo‘lishimga katta motivatsiya bergandi”, — deya yozadi Belfort.

#Boks. 🔥Ringga qaytayotgan Mayk Tayson UFC sobiq chempioni Vitor Belfort bilan mashg‘ulot o‘tkazdi

🥊@UFCBOXUZ🥊

Eslatib o‘tamiz, 53 yoshli Tayson xayriya yo‘lida bir nechta ko‘rgazmali jangda ishtirok etish uchun faoliyatini qayta tikladi. Avvalroq “Temir Mayk” ringga qaytganini e’lon qilgan yana bir afsonaviy bokschi Evander Holifildga qarshi 3-jangda ishtirok etishi mumkinligi aytilgandi. Bundan tashqari unga turli promoushenlardan bir necha million dollarlik shartnomalar taklif qilinmoqda.

Mavzuga doir: