Daryo.uz | Rasmiy kanal

AKT vazirining sobiq o‘rinbosari Olimjon Umarov bosh vazir maslahatchisi etib tayinlandi

Olimjon Umarov O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi sifatida ish boshladi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/photo_2020-05-26_13-42-53-680x431.jpg
Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi — IT texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Olimjon Umarov 1985-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. 2007-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini, 2017-yilda Songyungvan universitetini (Janubiy Koreya) tamomlagan.

Olimjon Umarov 2017-yil yozida AKT vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasidagi ushbu lavozim “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra kiritilgandi.