Daryo.uz | Rasmiy kanal

Tom Xenks 2020-yil bitiruvchilari uchun diplomning maxsus versiyasini o‘ylab topdi

Koronavirusga chalinib, sog‘aygan Gollivud aktyori Tom Xenks pandemiya tufayli bayramni nishonlay olmagan 2020-yil bitiruvchilarini tabrikladi, deb yozadi Esquire.

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2020/05/w_558639851.jpg
Foto:Telegraf-EPA

Aktyor ular uchun maktabni tugatganlik to‘g‘risidagi diplomning o‘z versiyasini e’lon qildi. Hujjatda inqirozga qaramay, maktabni tugata olgan ushbu diplom egasi baxtli inson ekanligi yozilgan.

“Siz tirishqoqligingiz, zukkoligingiz va ijtimoiy mas’uliyatingizni ko‘rsatdingiz”, — deyiladi Tom Xenks va Albert Eynshteyn tomonidan imzolangan diplomda.

Aktyor bitiruvchilarga diplomni chop etib, ramkaga solib, hammaga uning Tom Xenksdan ekanligini aytishni taklif qildi.

Bundan tashqari, aktyor 1974-yildagi arxiv suratini ham e’lon qildi. O‘shanda aktyor Oklenddagi Skyline High School’ni tugatgan edi.