Daryo.uz | Rasmiy kanal
Sergeliga “kirish” ogohlantirishlarsiz yopildi, O‘zgarishda katta tirbandliklar yuzaga keldi
Sergeli tumanini Toshkent shahrining markazi bilan bog‘lovchi asosiy yo‘l — Yangi Sergeli ko‘chasi 27-may kuni soat 7:30 dan boshlab Toshkent halqa avtomobil yo‘li bilan kesishmadagi ko‘prik (“Qo‘yliq ko‘prigi”)dan boshlab yopilgan.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarda xabar qoldirayotgan fuqarolar Sergeli tumaniga kirish uchun boshqa yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilmoqda. Yo‘lning yopilgan qismi oldida (O‘zgarish dahasida) katta tirbandliklar yuzaga kelgan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Yangi Sergeli ko‘chasi uning mashina bozori oldidan o‘tgan ta’mirtalab qismida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan yopilgan. Biroq rasmiylar aholini bu haqda oldindan ogohlantirmagan.