Daryo.uz | Rasmiy kanal

Navoiyda bir kechada 31 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanganlar soni 3333 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 27-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 43 kishiga ko‘payib, 3333 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 31 tasi Navoiy viloyatida, 6 tasi Toshkent viloyatida, 4 tasi Toshkent shahrida va 2 tasi Namangan viloyatida aniqlangan.

“Ularning bari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun gumonlanib, karantinga olingan fuqarolar edi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Hozirda O‘zbekiston bo‘yicha 683 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda, 2636 nafar bemor butunlay sog‘aygan, 14 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.