Daryo.uz | Rasmiy kanal
A Seriya o‘yinlari 13-iyundan davom etadi
A Seriya rahbariyati Italiya chempionatining joriy mavsumini qayta tiklash borasida qarorni e’lon qildi.
26-may kuni liga klublari videokonferensiya orqali hozirgi holatini muhokama qilgan va mavsumni 13-iyundan qayta davom ettirish rejasi o‘zgarmagani haqida ma’lumot olgan.
Taxminlarga ko‘ra, 13 va 14-iyun kunlari 25-turning qolib ketgan o‘yinlari bo‘lib o‘tadi: “Atalanta” — “Sassuolo”, “Inter” — “Sampdoriya”, “Torino” — “Parma” va “Verona” — “Kalyari”.
Shu tariqa 20-iyundan mavsum barcha klublar uchun to‘laqonli boshlanadi. Bu borada yakuniy qaror 29-may kungi Italiya sport vazirligi va A Seriya rahbariyati o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin chiqariladi.
Shuningdek, Sky Sport Italia va DAZN kompaniyalari bilan sud jarayoni borasida ham ma’lumot berilgan. Kompaniyalar 10-martdan boshlab liga o‘yinlari translyatsiya qilinmayotgani sabab so‘nggi uchta to‘lovni ushlab qolishga harakat qilmoqda. Biroq italyan jamoalari uchun inqiroz paytida mazkur pullar juda zarur, shu sabab klublar Sky Sport Italia va DAZN’dan shartnomalarga amal qilishni talab qilmoqda.